Hech qachon kech emas

26.09.2024

Bugun biz sizga 88 yoshida milliarderga aylangan, hayotida juda og'ir voqealarni boshidan kechirgan va hech qachon taslim bo'lmagan KFC brendi yaratuvchisi kapitan Sanders haqida hikoya qilamiz. Ko'pchiligimiz KFC dagi kulib turgan keksa kishining kim ekanligiga hech bo'lmaganda bir necha bor qiziqib ko'rganmiz. Nega aynan u? Bu surat polkovning Sandersning timsoli bo'lib, bizga hech qachon taslim bo'lmaslik haqida xabar bermoqchi bo'ladi. U hayotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan 66 yoshida o'z brendiga asos solmoqchi bo'ladi, biroq uning taklifi 1000 dan ziyod rad javoblarini oladi. Biroq irodali qahramonimiz taslim bo'lmaydi va 88 yoshida milliarderga aylanadi. Ta'sirli shunday emasmi? Keling bu hikoyani bir boshidan qisqacha mazmunini aytib bersak.

 

 Dastlabki yillar

 

 Polkovnik Xarland Sanders 1890 yilda Indiana shtatidagi kichik shaharchada tug'ilgan. U 12 yoshga yetganida oilasida fojia yuz beradi. Ya'ni uning otasi vafot etadi va u qashshoqlikdan aziyat chekkan oilasini boqish mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi. Keyinchalik uning onasi yana turmushga chiqadi va yangi o'gay otasining buyrug'i sababli Sanders 80 mil uzoqlikdagi fermaga ishlashga yuboriladi (qaysidir ma'noda otasi uni sig'dirmaydi). Aynan shu vaqt ichida u mehnatga bo'lgan ishtiyoqi ta'limga bo'lgan xohishidan ustun ekanligini anglaydi va u ettinchi sinfda maktabni tashlab qo'yadi. O'z oldiga aniq maqsad qo'ymagani sababli Sanders butun umri davomida bir qator g'alati ishlarga kirishadi. Poyezdlarda bug' dvigatellarini yonishidan sug'urta sotishdan tortib paromni boshqarishgacha u o'zini turli kasblarda sinab ko'radi.

 

 Biroq, Sandersning alohida qobiliyati bu oshpazlikda edi, bu iste'dodni onasi unga yoshligidan o'rgatgan. Turli xil ishlarda ko'p urinishlariga qaramay, Sanders o'zini chinakam rivojlanishi uchun joy topa olmadi. Bunday muvaffaqiyatsizliklar uni bir muddat depressiyaga solib qo'ydi. Ishsizlik va moddiy ehtiyoj uni to'g'ri kelgan ishni bajarishga majbur qilardi. Keyinchalik esa u harbiy xizmatga yuboriladi va u yerda palkovniklik darajasigacha ko'tariladi. Biroq bu Sanders orzu qilgan cho'qqi emas edi.

 

 1930 yilda Sanders Shimoliy Korbin shahri yaqinidagi Shell yoqilg'i quyish shoxobchasida doimiy ish topdi. U bo'sh vaqtlarida onasining retseptlaridan foydalangan holda taomlar pishirib, o'zi yashash joyida tashkil etgan kichik oshxonada xizmat qilardi. Uning retseptlari shaharga tez-tez tashrif buyuradigan sayohatchilar orasida mashhurlikka erishdi. Bundan ruhlangan Sanders tobora ortib borayotgan mijozlarni joylashtirish uchun yaqin atrofdagi kattaroq joy sotib oldi.

 Sandersning biznes sayohati 1936 yilda o'zining afsonaviy qovurilgan tovuq retseptini birinchi marta taqdim etganida sezilarli burilish yasadi. Retsept bir zumda kichik my qyosda bo'lsa ham mashxurlikka erishdi va 1937 yilga kelib Sanders o'z tammadixonasini 150 kishini sig'dirish uchun kengaytirdi. Biroq, u shu erda to'xtamadi. Sandersning kattaroq orzulari bor edi - u o'zining noyob retseptini dunyo bilan baham ko'rmoqchi edi. Shu sababli u o'z retseptini boshqa restoranlarga tekinga berishga, lekin buning evaziga ularning foydasidan kichik miqdorda foiz olishga qaror qildi. Sanders bir restorandan boshqasiga taklif bilan chiqaverdi, chiqaverdi. Biroq Sander restoran va tamaddixonalar egalarini qovurilgan tovuqni sotishga ko'ndirish uchun ko'plab rad javoblariga duch keldi. Lekin u hech qachon taslim bo'lmadi. U o'z retseptining o'ziga xos ta'miga ishondi va qat'iy ishonch bilan sabr qildi. Ungacha polkovnik 1008 marta rad javobi oldi. Nihoyat, 1009-restoran egasi Sandersning tovug'iga imkoniyat berishga qaror qildi. Ko'p o'tmay, tobora ko'proq restoranlar uning qovurilgan tovug'iga o'zlari taklif bilan chiqa boshladilar va 1963 yilga kelib 600 ga yaqin muassasa uning retsepti asosida qovurilgan tovuqlarni sota boshladi.

 Davomi bor...